Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilinib, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yangi bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
Sessiya kun tartibidagi kirtilishi rejalashtirilayotgan masalalar deputatlar tomonidan joylarda o‘rganilmoqda

🏛 Sessiya kun tartibidagi kirtilishi rejalashtirilayotgan masalalar deputatlar tomonidan joylarda o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-44-son qarorida belgilangan vazifalarning joylardagi ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qaror talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mas’ul tashkilotlar faoliyati hamda belgilangan chora-tadbirlarning bajarilish holati tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlanib, aniqlangan holatlar hamda ishlab chiqilgan takliflar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.