Oʻrganish jarayonida ichimlik suvi taʼminoti tizimining bugungi holati, mavjud suv inshootlari faoliyati hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻrib chiqildi.
Jumladan:
mavjud suv inshootlarining texnik holati;
taʼmirtalab suv quvurlari va tarmoqlarining holati;
ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar oʻrganildi
Oʻrganish davomida soha mutaxassislari bilan muloqot qilinib, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.