Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy haftada amalga oshirilgan ishlar yakunlari tahlil qilinib, kelgusi haftada bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Yangi bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o'rganildi.

🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat E. Saidov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Ulug‘bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Xo‘ja MFYda mahalla xotin-qizlar faoli Gulnora Yusupova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

📌 Hozirgi kunda “Ayollar daftari”ga jami 120 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, shundan:
🔹 1-toifa – 55 nafar;
🔹 2-toifa – 2 nafar;
🔹 3-toifa – 2 nafar;
🔹 4-toifa – 30 nafar;
🔹 5-toifa – 31 nafar.

🏠 Uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2 nafar fuqaroga uy-joy ta’miri uchun kredit mablag‘lari ajratilgan.

🎓 6 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Mahallada mavjud 8 ta nizoli oilaning 4 tasida yarashtirish ishlari samarali tashkil etilib, oilaviy muhitni mustahkamlashga erishilgan.

Slide 1 of 3