Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘rganish ishlari hududga chiqqan holda davom ettirildi. Deputat A.Mahkamov Ipak yo‘li mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 162-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Boltaboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📌 1-iyuldan O‘zbekistonda qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashabbusi bilan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etish" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi D.Murodov tomonidan shahar hududida mavjud avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–393-son, 2015-yil 26-avgust) talablari asosida olib borildi.

O‘rganish davomida avtobus bekatlarining sanitariya holati, tozaligi, aholiga yaratilgan qulayliklar hamda yo‘lovchilar uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi ko‘zdan kechirildi.

 Jumladan:

️avtobus bekatlarining sanitariya va obodonlashtirish holati; 

bekatlarning texnik holati va saqlanish darajasi; 

yo‘lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar; 

hududlarning tozaligi va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati; 

mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga ma’lumot berilib, avtobus bekatlarining sanitariya
holatini yaxshilash hamda aholiga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish jamoat joylarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholiga qulay xizmat ko‘rsatish va shahar infratuzilmasini
yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3