Shirin shahar hokimi Dilfuza Kambarova, Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov hamda M.Mamatqobilovlar Mirzo Ulug‘bek mahallasida qurilishi to‘xtab qolgan bolalar maydonchasi hududiga tashrif buyurib, mavjud holat bilan yaqindan tanishdi
O‘rganish davomida qurilish ishlarining to‘xtab qolish sabablari muhokama qilinib, obyektni belgilangan talablar asosida qisqa muddatlarda yakunlash, ishlarni jadallashtirish hamda maydonchani bolajonlar foydalanishiga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hududni obodonlashtirish, qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bolalar uchun xavfsiz, zamonaviy va qulay dam olish maskanlarini barpo etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.