Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘rganish ishlari hududga chiqqan holda davom ettirildi. Deputat A.Mahkamov Ipak yo‘li mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 162-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Boltaboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📌 1-iyuldan O‘zbekistonda qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashabbusi bilan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etish" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Mahkamov Abdubannob Abduvoxidovichga fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hududlarda qonun ustuvorligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishga qaratilgan bir qator muhim qonunlar biriktirilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Domilayev Zuxriddin Ismonovichga fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hududlarda qonun ustuvorligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishga qaratilgan bir qator muhim qonunlar biriktirilgan.
Deputatlar o‘rganishi: “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili amalda

Deputatlar o‘rganishi: “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili amalda

🔘​Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raisi F.Sidikov tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.

🔘Deputatlari Toyloq tumanidagi “Yangihayot” mahallasida bo‘lib, u yerda “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, tomorqa madaniyatini yuksaltirish va ekin maydonlaridan unumli foydalanish holatini ko‘zdan kechirdi.

💠​O‘rganishlar davomida mas’ullarning hududdagi ekin maydonlari va aholi tomorqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, berilgan imtiyozlar hamda yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

➡️​“Bir kontur — bir mahsulot” tizimi orqali hudud drayveri hisoblangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholining doimiy daromad manbaini yaratish va tomorqadan yiliga 2-3 marta hosil olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha deputatlar va soha mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5