Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 3-iyul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yoshlar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan joylarda deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOLARI BILAN ZOOM ORQALI YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman hokimining o‘rinbosari A.Ziyatov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov hamda tuman Kengashi deputatlari S.Suyarov va G.Xusanovalar hamkorligida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

✅Yig‘ilish davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

📍Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zolariga quyidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi:

🔘mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qonunchilikdagi islohotlar samaradorligini “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
🔘qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini joylarda keng tushuntirish;
🔘xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarining yoshlar masalalariga oid muhokama va nazorat-tahlil tadbirlarida faol ishtirok etish;
🔘hududlarda yoshlar muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqish;
🔘qonun hujjatlarini o‘rganish, tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
🔘hududiy dasturlarni ishlab chiqish jarayonida yoshlar manfaatlaridan kelib chiqib takliflar kiritish;
🔘qabul qilingan qonunlar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari”da belgilangan yoshlarga oid vazifalar ijrosini tahlil qilish;
🔘yoshlarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularning siyosiy bilim va dunyoqarashini shakllantirishga ko‘maklashish;
🔘Yoshlar parlamenti bilan hamkorlikda turli madaniy-ma’rifiy, sport va ijtimoiy loyihalarni tashkil etish;
🔘hududlarda yoshlarga oid chora-tadbirlarning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
🔘tashabbuskor va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
🔘Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan aksiyalarni tashkil etish;
🔘qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
🔘Kengash deputatlari va senatorlarning yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etishda faol ishtirok etish.

⚡️Yig‘ilish yakunida Yoshlar maslahat guruhi a’zolariga deputatlar bilan hamkorlikda hududlarda 162 ta eng muhim qonunlarning ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borish, qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

⚡️Ta’kidlanganidek, yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning huquqiy ongi va siyosiy faolligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni rivojlantirishga jalb etish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘rganish va yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 1