Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘rganish ishlari hududga chiqqan holda davom ettirildi. Deputat A.Mahkamov Ipak yo‘li mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 162-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Boltaboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📌 1-iyuldan O‘zbekistonda qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashabbusi bilan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etish" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Kanalizatsiya tarmoqlarini qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabldullayev tomonidan “Fazogir” mahallasida istiqomat qiluvchi aholiga qulayliklar yaratish maqsadida 220 m uzunlikdagi kanalizatsiya tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida umumta’lim maktabi hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida kanalizatsiya tarmog‘ini qurish ishlari sifati ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar bilan qurilish-montaj ishlarining borishi, loyihaning amalga oshirilish muddatlari haqida suhbatlashildi.

Deputat qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi, qurilish ishlari davrida aholini suv ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot qilinib, ularning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq taklif va murojaatlari tinglandi.

Slide 1 of 3