Deputat faoliyatidan
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati D.Sattarova “Madaniyat” mahallasida bo‘lib, o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat xotin-qizlarning tadbirkorlik va mehnat faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda daromad manbalarini o‘rganib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy faolligini yanada oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Instagram | Face book | You Tube