Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Ortiqboyev tomonidan Paxtakor mahallasi xotin-qizlar faoli faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada istiqomat qilayotgan 4 714 nafar xotin-qiz bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, shundan 312 nafari "Ayollar daftar"ning tegishli toifalariga kiritilganligi hamda ular bilan manzilli ishlash holati ko‘zdan kechirildi hamda 17 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan, 15 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirilgan, 4 nafari esa tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit va subsidiya dasturlariga tavsiya etilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.