Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov belgilangan ish rejasiga muvofiq Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud aholisining muammolari, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qirguli mahallasidagi muammo deputat nazoratiga olindi
янв.21
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
BEG‘UBOR MAHALLASIDA EKOLOGIK HOLAT VA OBODONLASHTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalla hududida tozalikni ta’minlash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi to‘plash joylarining holati, yashil hududlarni asrash hamda aholiga qulay va ozoda muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ishlari “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, №362-IIda belgilangan talablar, xususan, chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, zararsizlantirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi doirasida olib borilmoqda.

Shuningdek, mahalla faollari va mas’ullar bilan hududda obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholining ekologik madaniyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4