Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi 3-iyul soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi va zamonaviy imkoniyat ishga tushirildi!
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini o‘rganishga qaratilgan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov Yuksalish mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Yoshlar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan joylarda deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
янв.21
Bugun, 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
CHOSHTEPA MAHALLASI BINOSI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

CHOSHTEPA MAHALLASI BINOSI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov tomonidan Choshtepa mahallasida barpo etilayotgan mahalla binosi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida obyektning bugungi holati, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari hamda qurilish jarayonlarining borishi bilan tanishildi.

Shuningdek, mahalla binosini zamonaviy talablar asosida barpo etish, ishlar sifatini ta’minlash va belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3