Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish
янв.21
Hududlarni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish
янв.21
Deputat so‘rovi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiningyig‘ilishikomissiyasi
янв.21
“Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon”
янв.21
deputat oromgohlar faoliyati hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati o‘rganildi
янв.21
Marg‘ilon shahridagi “Dehqon bozori” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash_faoliyati

"Obod yurt" mahallasida: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamuratova "Obod yurt" mahallasi fuqarolarini murojaatlarini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rgandi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, xalqning dardu tashvishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida deputat tomonidan mahalla ahli bilan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat alohida nazoratga olindi.

Uchrashuvda aholini qiynayotgan quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratildi:

Ichki yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash;

Elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta’minoti;

Deputat N.Allamuratova har bir murojaat ortida inson taqdiri va muammosi turganini ta’kidlab, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida huquqiy va amaliy yechim topdi.

Muddat talab qiladigan qo‘shimcha muammolar bo‘yicha esa chora-tadbirlar belgilanib, tuman Kengashi kotibiyati tomonidan ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Xalq bilan doimiy va ochiq muloqotni ta’minlash, hududlardagi muammolarni tizimli hal etish choralari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1