📌 O‘rganish davomida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasi, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlanish holati ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, tug‘ruq kompleksi xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, noqonuniy manfaatdorlik va turli huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.
✅ Sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.