O‘rganishlar davomida fuqarolarning bandlik holati, daromad manbalari, oilaviy sharoiti hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.
Suhbatlar jarayonida ayrim fuqarolar o‘z tadbirkorligini boshlash yoki mavjud faoliyatini kengaytirish istagini bildirdilar. Shu munosabat bilan ularga tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar, kredit mablag‘lari, subsidiya va davlat dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan zarur choralar belgilab olindi.
Deputat Sh.Madaminova tomonidan fuqarolarning murojaatlari va takliflari nazoratga olinib, ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.