Ayni kunlarda mahalla hududidagi ekinzorlarga ariq suvi yetkazib berish tizimini yaxshilash maqsadida sug‘orish quvurlarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha nafaqat ekin maydonlarini suv bilan uzluksiz ta’minlash, balki suv resurslaridan samarali foydalanish imkonini ham yaratadi.
Olib borilayotgan ishlar xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi oʻrinbosari M.Abdurahmonova hamda Obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi Muroblar bo‘limi bosh mutaxassisi A.Qodirov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mutasaddilar qurilish va montaj ishlari sifatiga hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Ta’kidlash joizki, mahallalarda amalga oshirilayotgan bunday bunyodkorlik ishlari aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zuhro mahallasida olib borilayotgan ishlar ham Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining amaliy ifodasi sifatida e’tiborga molikdir.