Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KENGASH QARORI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda deputat M.Mirzayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan shahar Kengashi qarori doirasida Vatan mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Tut tagi mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Abdullayev kadastr hujjatlari bilan bog‘liq masala yuzasidan murojaat qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova tomonidan Zuhro mahallasida aholini qiynab kelayotgan ayrim infratuzilmaviy masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining joriy yilning o‘tgan besh oyi davomida amalga oshirgan ishlari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov saylov okrugidagi hududda mahalla ichki ko‘chalarining holati, tungi yoritish tizimi hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyida ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining "Agrar, suv xo'jaligi va ekologiya masalalari bo'yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig'ilishi ish rejaga muvofiq boʻlib oʻtdi.
янв.21
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashdi.
Akbarxon Sobirxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Akbarxon Sobirxonov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 19-“Shirin” saylov okrugidan saylangan deputat Akbarxon Sobirxonov tomonidan Uchtepa tumanidagi “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar oldida 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berish uchrashuvi tashkil etildi.

📝 Tadbirda mahalla faollari, fuqarolar, mahalla “yettiligi” vakillari, Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputatlari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Toshkent shahar va Uchtepa tuman Kengashlari vakillari, shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari hamda Kengash kotibiyati vakillari ishtirok etib, tadbirning tashkiliy jihatdan samarali o‘tishiga ko‘maklashdilar.

📁 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida saylov okrugiga kiruvchi Hamdo‘st, Nurobod, Qo‘rg‘ontepa, Shirin, Tepaqo‘rg‘on, Vatan, Vatanparvar, Xuroson va Zargarlik mahallalarida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar bilan olib borilgan ochiq muloqotlar, hududiy o‘rganishlar hamda ilgari surilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilib, reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holati o‘rganilgani, ularni qo‘llab-quvvatlash va daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilgani qayd etildi.

📉 Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari deputat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgani ta’kidlandi. Fuqarolar murojaatlari asosida bir qator masalalar joyida hal etilib, ayrim murojaatlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.

📋 Hisobot davrida deputat Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalari va doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, ekologik muhitni yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

📝 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida ham hududdagi holat atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, yoshlar bandligi, tibbiy xizmatlar sifati, sport infratuzilmasi, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoya, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar va ko‘chalarni yoritish, ekologik holat, kommunal xizmatlar, jamoat transporti, investitsiyalar, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi turmush darajasini oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

🔎 Muloqot chog‘ida fuqarolar tomonidan ekologik muhitni yaxshilash, daraxtlarni muhofaza qilish, videokuzatuv tizimlarini kengaytirish, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator murojaatlar bildirildi. Ushbu masalalar deputat tomonidan shaxsiy nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

💡 Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va manzilli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Deputat Akbarxon Sobirxonov tomonidan saylovchilar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10