Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov belgilangan ish rejasiga muvofiq Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud aholisining muammolari, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qirguli mahallasidagi muammo deputat nazoratiga olindi
янв.21
Marg‘ilon shahrida aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
🔹14-Nurafshon saylov okrugidagi uchrashuvda ko‘tarilgan masala yuzasidan shu kunning oʻzida o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov tomonidan Yo‘rmado‘z mahallasida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
QO‘QON SHAHAR “MUQIMIY” BOG‘IDA EKOLOGIK QONUNCHILIK IJROSI VA DARAXTLARNING AHVOLI O‘RGANILDI!

Qo‘qon shahar “Muqimiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil maydonlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda sohaga oid bir qator muhim qonunlar ijrosi va mavjud holat tanqidiy tahlil qilindi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:
Qonun ustuvorligi: O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida” gi hamda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunlari talablarining bog‘ hududida bajarilish holati;
Daraxtlar muhofazasi: Istirohat bog‘idagi ko‘p yillik va noyob daraxtlarni saqlash, ularni noqonuniy kesilishidan himoya qilish hamda agrotexnik parvarish tizimi;
Ekologik nazorat: Hududning umumiy ekologik va sanitariya holatini yaxshilash choralari.

Muhokama va ko‘rilgan choralar:
Komissiya a’zolari va mutaxassislar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda bog‘ hududidagi yashil fondni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, kasallangan daraxtlarni o‘z vaqtida davolash hamda sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida doimiy ekologik reydlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish belgilandi.

Bog‘ nafaqat aholining dam olish maskani, balki shaharning muhim "yashil o‘pkasi" hisoblangani bois, bu boradagi nazorat tadbirlari izchil davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Yig‘ilish yakunida bog‘ hududida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, daraxtlar va yashil maydonlar holatini kompleks o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi. Shuningdek, o‘rganish jarayonida e’tibor qaratiladigan asosiy yo‘nalishlar, jumladan daraxtlarning fitosanitar holati, sug‘orish tizimlarining ishlashi, ekologik va sanitariya talablariga rioya etilishi hamda qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan savolnoma doimiy komissiya qarori bilan tasdiqlandi.

Komissiya tomonidan o‘rganish natijalari asosida tegishli tashkilotlarga tavsiyalar kiritish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3