Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov tomonidan hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirildi.
янв.21
Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
O‘rganish ishlari hududga chiqqan holda davom ettirildi. Deputat A.Mahkamov Ipak yo‘li mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 162-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Boltaboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📌 1-iyuldan O‘zbekistonda qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tashabbusi bilan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha hisobot (axborot)larini eshitishni samarali tashkil etish" mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Mahkamov Abdubannob Abduvoxidovichga fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hududlarda qonun ustuvorligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishga qaratilgan bir qator muhim qonunlar biriktirilgan.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat Yunusov Erken Azimtayevichga fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hududlarda qonun ustuvorligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishga qaratilgan bir qator muhim qonunlar biriktirilgan.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 16-“Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat A.Xayrullayev tomonidan Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritgichlari, obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi.

Deputat A.Xayrullayev har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ko‘tarilgan masalalarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini joyida o‘rganish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3