Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan 16-Ipak yo‘li saylov okrugiga qarashli Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.Sessiyaga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi Osimxon Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Deputatlar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyatini o‘rgandilar
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusov hamda deputat A.Mahkamov tomonidan Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasi va kommunal xizmatlar holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Saidakbarov bilan uchrashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
янв.21
"Ochiq budjet" jarayonining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova 21-B.Marg‘inoniy saylov okrugida joylashgan Yangibog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash va hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi

#Kengash_sessiyalariga_oid

Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash va hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi

✍️Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 26-maydagi "Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash va hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Payariq tuman gaz” gaz taminoti bo‘limi boshlig‘i v.v.b A.O‘ralovning hisoboti to‘g‘risida"gi VII-27-63-7-100-K/26-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan tegishli mas'ullarga quyidagi vazifalar yuklatildi.

-mavjud gaz tarmoqlari va ulardagi qurilmalarni rivojlantirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish va gaz ta’minotini sifat jihatdan yangi bosqichlarga ko‘tarish va rivojlantirib borilishini ta’minlash;
-gaz quvurlarining sozligini tahlil qilish va ularni “mahallabay” kesimida ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish;
-aholini zamonaviy gaz hisoblagichlar bilan ta’minlash va ularning uzluksiz ishlashini nazorat qilish;
- tarmoqlardagi tabiiy gaz yo‘qotishlarni aniqlab, mavjud kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish;
-tuman hududidagi aholi xonadonlariga reja-jadvalga asosan oyma-oy suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berilishini qat’iy nazoratga olish;

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1