Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov shahardagi “Turon” mahallasida bo‘lib, hudud obodonchiligi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.
💬 O‘rganish davomida quyidagilar ko‘zdan kechirildi:
▶️Mahalladagi umumiy obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;
▶️Ko‘p qavatli uy-joylarning texnik va estetik holati;
▶️Bolajonlar uchun mo‘ljallangan bolalar o‘yin maydonchalarining xavfsizligi va sozligi.
💬 O‘rganish jarayonida mazkur hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligi aniqlandi. Uylar atrofini toza saqlash, hududni tartibga keltirish va bolalar maydonchalarini ta’mirlash ishlariga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganligi keskin tanqid qilindi.
💬 Yuzaga kelgan salbiy holatlarni va aniqlangan barcha kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish hamda BSK faoliyatini tartibga solish maqsadida, daxldor mutasaddi tashkilot va idoralarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar yuborilishi belgilab olindi.