Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Jumladan, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi210-sonli umumta’lim maktabida ham bitiruvchilar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Maktab direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi hamda 155 nafar 11-sinf va 167 nafar 9-sinf bitiruvchilariga ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tadbirda Adolat SDP partiyasi vakillari — Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov hamda okrug deputati Botir Nurmatov ishtirok etib, bitiruvchilarga o‘z tabriklari va kelajakka oid samimiy tilaklarini bildirdilar.
🌟 Bugungi bitiruvchilar — ertangi Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!