Fuqarolarni qabul qilish tartibi, notarial xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlari hamda aholiga yaratilgan qulayliklar tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, notarial xizmatlardan foydalanish davomida yuzaga kelayotgan masalalar, xizmat ko‘rsatish sifati va murojaatchilar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.
O‘rganish yakunida xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish, fuqarolarga huquqiy xizmatlarni tezkor va sifatli ko‘rsatishni ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.