Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Zuhro mahallasida “Obod mahalla - obod ko‘cha - obod xonadon” tamoyili asosida keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘ini faolining madaniy meros obyektlari bilan bog‘liq murojaati tinglandi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Marg'ilon shahridagi 3-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Y
янв.21
Ichimlik suvi muammosi o'rganildi
янв.21
🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda kotibiyat mudiri A.Ermatov “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Toshkesar MFYda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi oʻrganildi
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi holati o'rganildi. 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga “O‘zXDP” partiyasidan 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov tomonidan Kengash ish rejasiga asosan tumandagi Alisher Navoiy mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli Nigora Yo'ldosheva tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

📊 Mahallada jami 119 nafar ayol “Ayollar daftari” reyestriga kiritilgan.

🎓 10 nafar ayol kasb-hunarga o‘qitilgan, ularning bandligini ta’minlashga yo‘naltirilgan choralar ko‘rilgan.

💼 2 nafar ayol ishga joylashtirilgan.

🧵 5 nafar ayol o‘zini o‘zi band qilgan, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

💰 3 nafar ayolga imtiyozli kreditlar ajratilgan, ularning daromad manbalarini kengaytirishga ko‘maklashilgan.

Slide 1 of 4