Xotira — muqaddas, inson qadri aziz!
9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu muqaddas ayyomda bugungi tinch va osuda hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etamiz. Ularning ko‘rsatgan mardlik va matonati biz uchun nafaqat g‘urur manbai, balki ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishda yuksak namunadir.
Shu bilan birga, bugun oramizda duogo‘y bo‘lib yurgan, hayotning mashaqqatli sinovlarini sabr va bardosh bilan yengib o‘tgan aziz nuroniylarimizga, mehnat faxriylariga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.
Aziz yurtdoshlar! Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka va tinchlik-totuvlik tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!