📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan tumandagi 9-sonli umumta’lim maktabida ta’lim sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida monitoring ishlari amalga oshirildi.
🔷O‘rganish jarayonida maktabdagi ta’lim jarayonlari, sinf xonalari holati, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, pedagoglar bilan muloqot o‘tkazilib, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr va takliflar muhokama qilindi.
🔷O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni ijobiy hal etish hamda mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.