Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan “Charx Kamolon-3” mahallasi Baynal Minan ko‘chasi 55-uy yonida joylashgan bolalar maydonchasining holati o‘rganildi. O‘rganish davomida mazkur bolalar maydonchasi mutlaqo yaroqsiz ahvolga kelib qolgani, o‘yin jihozlari eskirgani hamda hudud bolalar xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda bolalar maydonchasini ta’mirlash, eskirgan va xavf tug‘dirayotgan jihozlarni yangilash, hududni obodonlashtirish hamda bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy sharoit yaratish choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, hudud aholisining, ayniqsa bolalarning xavfsiz va qulay sharoitda dam olishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.