Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov tomonidan Marg'ilon shahridagi 3-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Y
янв.21
Ichimlik suvi muammosi o'rganildi
янв.21
🔹Xalq deputatlari Marg‘ilon Shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev hamda kotibiyat mudiri A.Ermatov “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Toshkesar MFYda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi oʻrganildi
янв.21
Murojaat ijobiy xal etildi
янв.21
Zuhro MFYda tadbirkor murojaati deputatlar e’tiborida
янв.21
Zuhro mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Deputat so‘rovi: Tibbiy muassasa sharoiti o‘rganildi

          Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati tomonidan Qashqar MFY hududida joylashgan “Taraqqiyot” oilaviy shifokorlik
punkti (OShP) faoliyati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tibbiyot muassasasi 1970-yilda qurilgan bo‘lib, 70 o‘ringa mo‘ljallangan. Hozirgi kunda 31 nafar tibbiyot xodimi 3 ta mahallada yashovchi 6810 nafar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, binoda 2005-yilda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilganiga qaramasdan, bugungi kunda uning texnik holati talab darajasida emas. Ayniqsa, tom qismi eskirgani sababli yomg‘irli kunlarda chakki o‘tishi kuzatilib, bu esa tibbiy xizmat sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda xodimlar va bemorlar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda. Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.  

Slide 1 of 3