Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkesar MFYda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi oʻrganildi
янв.21
Murojaat ijobiy xal etildi
янв.21
Zuhro MFYda tadbirkor murojaati deputatlar e’tiborida
янв.21
Zuhro mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Haftalik faoliyat tahlil qilindi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Marg‘ilondagi “Xonaqoh madrasasi”ning bugungi holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Ayni kunlarda Sirdaryo viloyati delegatsiyasi tarkibida Sardoba tumani hokimi, deputat Ziyadulla Karimov amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida tuman hokimi Xitoyning Aksu shahrida qishloq xo‘jaligi, xususan, zamonaviy paxta yetishtirish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Shinjon hududida qo‘llanilayotgan ilg‘or paxta ekish usullari, suvni tejovchi texnologiyalar hamda yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tajribalar o‘rganildi.

Shuningdek, delegatsiya “Kashgar Hongyu Textile Co. Ltd” hamda “Tianguan Water Conservation Equipment Factory” kompaniyalari faoliyati bilan ham tanishib, ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik yechimlar va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4