Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Toshkesar MFYda ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi oʻrganildi
янв.21
Murojaat ijobiy xal etildi
янв.21
Zuhro MFYda tadbirkor murojaati deputatlar e’tiborida
янв.21
Zuhro mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Haftalik faoliyat tahlil qilindi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi belgilangan tartibda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Marg‘ilondagi “Xonaqoh madrasasi”ning bugungi holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Sh.Madaminova tomonidan saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
DEPUTATLAR TOMONIDAN VETERINARIYA VA CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRISH SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich hamda komissiya a’zosi Ismailov Qamariddin Abdurahimovichlar tomonidan Parkent tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida tumanda veterinariya xizmati
faoliyati, chorvachilikni rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bo‘lim boshlig‘i S.Sottiyev bilan suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, bo‘lim xodimlari bilan ham muloqot qilinib, ularning ish faoliyati, mavjud muammolar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, deputatlar tomonidan “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunning tumandagi ijrosi yuzasidan ham atroflicha o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida sohani yanada rivojlantirish, chorva mollari salomatligini muhofaza qilish,
profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 5