Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputatlari D. Isaqov hamda A. Dadajonov “Jar” mahallasida bo‘lib, “yettilik” a’zolarining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
✍️Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, “yettilik” tizimi doirasidagi hamkorlik samaradorligi muhokama qilindi.
✍️Shu bilan birga, mas’ullarga aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirish, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✍️Bunday o‘rganishlar joylardagi ishlar samaradorligini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.