Deputat saylovchilarga axborot berdi
🗓 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Dadajonov tomonidan 2026-yil 1-chorak yakunlari yuzasidan "Nafis" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimligi vakillari, Nafis MFY “Mahalla yettiligi”, mutasaddi tashkilot rahbarlari ham ishtirok etdi
📊 Deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidanaxborot berilib, erishilgan natijalar va bajarilgan vazifalar yoritildi.
💬 Ochiq muloqot davomida:
🔸 Fuqarolarni tashvishga solayotgan masalalar ko‘tarildi;
🔸 Bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi;
🔸 Har bir masala bo‘yicha mas’ullar ishtirokida yechimlar ishlab chiqildi.
📌 Uchrashuv yakunida esa hududni yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.