Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisining Nurafshon MFYda o‘tkazgan uchrashuvi davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Togʻliq mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Kengash raisining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Imtiyozli dori-darmonlar ta’minoti nazoratda

 Imtiyozli dori-darmonlar ta’minoti nazoratda 

12-Saidobod saylov okrugi bo‘yicha Xalq
demokratik partiyasi (XDP) deputatlik guruhi a’zosi N.Ubaydullayeva
tomonidan aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi o‘rganishlar davom
etmoqda.
 

Navbatdagi o‘rganish ishlari kotibiyat bosh
mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan hududga qarashli tibbiyot bo‘limida
o‘tkazildi. Asosiy
e’tibor aholiga davlat tomonidan bepul beriladigan dori-darmonlar ta’minotiga
qaratildi.
 

O‘rganish natijasida quyidagilar aniqlandi: 

· Tibbiyot bo‘limida zarur bo‘lgan bepul dori-darmonlar
zaxirasi mavjud;
 

· Dori vositalarini saqlash bo‘yicha belgilangan barcha sanitariya
va texnik qoidalarga to‘liq rioya qilinmoqda;
 

· Dorilarning yaroqlilik muddatlari va hisob-kitob
hujjatlari tartibga solingan.
 

Xulosa: Hudud aholisiga imtiyozli dori vositalarini yetkazib
berish tizimi talab darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabi monitoring tadbirlari
aholi salomatligini asrash va ijtimoiy adolatni ta’minlash maqsadida muntazam
ravishda o‘tkazib boriladi.
  

Slide 1 of 2