Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisining Nurafshon MFYda o‘tkazgan uchrashuvi davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Togʻliq mfy mahalla “yettiligi” va mahalla faollari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Kengash raisining saylovchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Marg‘ilon shahrida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda iqtisodiy faollikni oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
DEPUTATLIK SO'ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Ulug'muradov Sarvar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining 10-Yangiqo'rg'on saylov okrugi deputati tomonidan Suvonobod mahallasidagi A.Temur, Anjirli, Qo'shariq, Bodomzor hamda Yangibog' ichki yo‘llarining bugungi holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida ushbu yo‘llarning uzoq yillardan buyon ta’mirtalab holga kelgani, ayrim qismlarida chuqurlik va notekisliklar mavjudligi aniqlandi.

Mazkur holat aholi va transport vositalarining harakatlanishida qiyinchiliklar tug‘dirayotgani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumlarida muammolar yanada kuchayishi ta’kidlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘llarni ta’mirlash, asfalt qoplama yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4