Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvini amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaati asosida hududlardagi yo‘l infratuzilmasining holati o‘rganildi.

✔️Jumladan, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi J.Norovlar Navgadi mahallasi hududida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan qilingan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandilar. O‘rganishda mahalla yo‘llarining holati, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan ta’mirtalab yo‘llar borib ko‘zdan kechirildi.

✔️O‘rganishlar davomida ayrim yo‘llarni ta’mirlash, yo‘l belgilari va yoritish vositalarini yangilash, piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

 ✔️Shuningdek, mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan Jondor tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori M.Hamroyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4