Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘rganish va samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
2026-yilda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalarning manzilli roʻyxati asosida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov tomonidan hududlarda navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlar tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
янв.21
Shahar Kengashi deputati A.Mahkamov Marg‘ilon shahrida amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan biri — tarixiy muzey qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raislari A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Tog‘liq MFY hududida fuqarolar murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashida haftalik ishlar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy nazoratga olinib, ularni joyida o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni amaliy hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Qiziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Q iziltepa tumani Tibbiyot birlashmasida binosida Bo'ston, So'fiyon, Gumbaz mahallalari aholisi hamda tibbiyot xodimlariga navbatdagi “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi Bobojonov Ulug'bek Raximovich, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Navoiy viloyatidagi vakili Djo‘rayev Shuxrat Nizamovich, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi maslahatchisi Isoqov Normurod Isroilovich, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Shukurov Xurshid Xayrullayevich hamda Qiziltepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Ortiqov Rifat Kamolovich ishtirok etdilar.

Tadbir davomida aholiga Ombudsman institutining faoliyati, uning fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi o‘rni, murojaat qilish tartiblari hamda amaliy mexanizmlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Slide 1 of 6