Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyatini o‘rgandilar
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusov hamda deputat A.Mahkamov tomonidan Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasi va kommunal xizmatlar holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev o‘ziga biriktirilgan tashkilot Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Saidakbarov bilan uchrashib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda dolzarb masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.
янв.21
"Ochiq budjet" jarayonining 2026-yil 1-mavsumi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova 21-B.Marg‘inoniy saylov okrugida joylashgan Yangibog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Z.Domilayev tomonidan Zuhro mahallasida "Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Mahalladagi o‘zgarishlar va ijtimoiy masalalar deputatlar e’tiborida

Mahalladagi o‘zgarishlar va ijtimoiy masalalar deputatlar e’tiborida

✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Kengash kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassislari "Saxovat" mahallasi raisi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

 🔵"Mahalla yettiligi" tizimining samarali yo‘lga qo‘yilganligi;

🔵 Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar;

🔵Ijtimoiy daftarlarda turgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlar holati;

 ✅Mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar.

✅Muloqot davomida mahalla raisining hisoboti tinglanib, erishilgan natijalar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham muhokama qilindi.

✅Deputatlar tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.