Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
янв.21
Uvaysiy saylov okrugi deputati Shoiraxon Madaminova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ZUXRO MFYDA BOLALAR MAYDONCHALARI QURILISHI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar olib borib, ularning murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi yuzasidan 1-Uvaysiy saylov okrugi hududida o‘rganish ishlari hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
янв.21
TOSHLOQTEPA MAHALLASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
OILAVIY AJRIMLAR, ERTA VA QARINDOSHLIK NIKOHLARINING OLDINI OLISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
DEPUTAT NAZORATI

 Shu maqsadda hududda infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. 

Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Jabborov Jamshid Adashovich hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida “Obod Vaxshivor” mahallasida olib borildi. 

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan:  

  • hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,  
  • ichki yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini saqlash va ta’mirlash,  
  • aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish,  
  • kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash,  
  • jamoatchilik nazoratini tashkil etish va fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi.
     

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilma obyektlari holatini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va topshiriqlar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi. 

  Deputat xalq manfaatlari yo‘lida xizmatda! 

  ✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5