Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Poliklinika filialini qayta tiklash bo‘yicha murojaatlar o'rganildi
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
🔹Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati Z.Domilayev saylov okrugida joylashgan 6-oilaviy poliklinikada olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati Z.Gʻofurova Istiqlol MFY yettiligi va aholi bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatiga Xiyobon ko‘chasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Shahar Kengashi deputati E.Yunusov tashabbusi bilan Golden Valley Fasteners MCHJ hududida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni yanada obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan Bobur MFY Sohibkor ko‘chasi fuqarolarining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati joyiga chiqib o‘rganilgan edi.
янв.21
Murojaatga amaliy yechim
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Mahkamov Ipak yo‘li MFYda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Mahallada kiberjinoyatlarga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Turon MFYida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda kiberjinoyat tushunchasi, turlari va jamiyatga yetkazayotgan salbiy oqibati haqida ma’lumot berildi.

Deputat internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotni o‘g‘irlash, bank kartalari orqali noqonuniy pul yechib olish, soxta havola va zararli dastur orqali sodir etilayotgan jinoyat haqida tushuntirish berdi. Ijtimoiy tarmoqda ehtiyotkorlikni kuchaytirish, begona shaxsga shaxsiy ma’lumotlarni bermaslik, bank karta rekvizitini oshkor qilmaslik zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kiberjinoyat salbiy oqibatlari — moliyaviy zarar, shaxsiy ma’lumot tarqalishi, ruhiy bosim va ishonch yo‘qolishi kabi holatga misollar keltirildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar o‘zini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bunday tadbirlar aholi huquqiy savodxonligini oshirish va kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishda muhimdir.

Slide 1 of 5