RAMAZON — MEHR-MURAVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI.
RAMAZON — MEHR-MURAVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI
Ramazon oyining ushbu shukuhli kunlarida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov yana bir xayrli ishga qo‘l urdi.
Uzoq yillar tumanning obodonchiligiga munosib hissa qo‘shgan, yaqinda vafot etgan Jamshid Nizomovning xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolari holidan xabar oldi, ularga oziq-ovqat mahsulotlari ulashib, iftorlik dasturxoni tashkillashtirdi va marhumning yaqinlari bilan birgalikda iftorlik qildi.
Darhaqiqat, Ramazon — saxovat va bag‘rikenglik oyi. Uning har bir kunida savobli ishlar qilaylik, ehtiyojmand oilalarga ko‘maklashaylik, ularga mehr ulashaylik!
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati