Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati K.Xoldorova va O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O.Nazirxo‘jayevlar tomonidan 53-Oilaviy shifokorlik punktida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati, sanitariya-gigiyena talablari, ekologik tozalik hamda tibbiy chiqindilar bilan ishlash jarayonlari atroflicha o‘rganildi.
Shu bilan birga, aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.