Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Marg‘ilon shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Shukurulloxon Nisbatxonov saylovchilar bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hamda Yuksalish harakati vakillari bilan hamkorlikda shahardagi Vatan, Guliston va Miltiqsoz mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Abdurahmonova tomonidan Naqshbandiy ko‘chasidan o‘tuvchi Jo‘yibozor tranzit arig‘i boʻyicha tushgan murojaat oʻrganildi.
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Saylovchi bilan muloqot — muammo va yechim o‘rtasidagi ko‘prikdir
янв.21
Kuni kecha shahar Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishiga Kengash raisi O. Axmatshayev raislik qildi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati hamda Madad nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov Galatoʻy MFYda mahalla fuqarolari hamda “yettilik” xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari doimiy nazoratga olinmoqda.
янв.21
Prezident qarori ijrosi deputatlar nazoratida
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI

JORIY YOLNING 30-YANVAR KUNI XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMANI KENGASHINING O'N ETTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI

🖊 Sessiya ishi davomida:

🔹 Konimex tumanida 2026-yilda aholi daromadini oshrish va ishsizlik hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman hokimining murojaatnomasi;

🔹 Tuman prokuraturasi tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktika qilish borasida 2025-yilning 12 oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔹 Tuman hududida 2025-yilning 12 oyi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konimex tumanidagi Xalq qabulxonasining hududdagi tashkilot rahbarlari tomonidan murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan kiritgan axboroti to‘g‘risida;

🔹 Tumanda 2026-yilda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida ta’mirlash-tiklash bo‘yicha amalga oshiriladigan “Konimex” xo‘jaliklararo kollektorlar tizimi ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔹 Tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida;

🔹 Tumanda yoshlar bandligini ta’minlash, "Hokim va yoshlar uchrashuvlari" to‘g‘risida va boshqa muhim masalalar ko'rib chiqildi.

🖋 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

🗳 Sessiya ishi tuman hokimligining "Facebook" ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali onlayn yoritib borildi:

📲 https://www.facebook.com/share/v/1E1gvPeYbX/

Slide 1 of 7