Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat va fuqarolar muloqoti – muammolar yechimiga yo‘l
янв.21
Prezidentimiz tashabbuslari bilan Marg‘ilon shahrida "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishi davom etmoqda.
янв.21
Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Doimiy komissiya majlisi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi 17-sessiyasida: MARGʻILON SHAHRINING 2026-YILGI MAHALLIY BYUDJETI TASDIQLAB OLINDI
янв.21
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi

 🔹Deputat Muqimjon Dehqonov prezidentimiz Murojaatnomasidagi quyidagi jihatlarga davra suhbati qatnashchilarining diqqat-e’tiborini qaratdi:
“Bu yil sog‘liqni saqlash xodimlari bilan ikki marta uchrashib, ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha alohida farmon va qarorlar qabul qildik.
Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pearson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro
standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi. Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveysariya, AQSh, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi. Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibini shakllantiramiz.
 

Keng ko‘lamli islohotlarimizni sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ham jadal davom ettiramiz. Tibbiyot muassasalarini yagona
yondashuv asosida tashkil etish uchun “master reja” ishlab chiqiladi.
 

Bundan tashqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni davolash hamda transplantatsiya, vaksinatsiya,
ona-bola salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishlariga o‘tgan yillardan 1,5 barobar ko‘p–3,5 trillion so‘m ajratamiz”.
 

                                                                                                                                                                            Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati 

   

Slide 1 of 1