Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Eldor Tursunqulov Yovqochar mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari va kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng deputat rekonstruksiya qilingan 8-umumta’lim maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, isitish tizimi, yoqilg‘i zaxiralari, sinfxonalar holati va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Deputat o‘rganish jarayonida duch kelgan ayrim masalalarni hal etish borasida mutasaddi idoralar hamkorligida bartaraf etish choralarini belgiladi.