O‘zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga saylangan deputat Matlyubaxon Abduraxmonova Mashad MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi va Zarafshon ko‘chasidagi 166-uyda istiqomat qiluvchi, uch nafar farzandini tarbiyalayotgan va turmush o‘rtog‘idan ayrilgan Odinaxon Obidova xonadonida bo‘ldi.
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan yordamlar, jumladan, “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgani, bepul tikuv mashinasi berilgani va u tikkan ko‘ylaklar hisobiga turmush sharoiti yaxshilanayotgani qayd etildi. Shuningdek, ta’mirtalab uyi homiylik asosida ta’mirlanayotgani ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida deputat fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy ko‘mak berishini bildirdi.