Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Salohiddin Kuldashov, mahalla rayisi hamda mahalla faollari hududda o‘rganishlar olib borishdi.
⚫️Xususan, “Markaz” mahallasi “Nishona shoh” ko‘chasida chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Ma’lum qilinishicha, ikki oydan buyon chiqindi muntazam ravishda olib chiqilmayapti.
⚫️Ushbu holat fuqarolarning kundalik hayotiga noqulaylik tug‘dirib, sanitariya holatini yomonlashtirmoqda. Mas’ul tashkilotlardan muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish talab etilmoqda.