VILOYAT KENGASHI DEPUTATI HUDUDDA
Hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda viloyatimizni ishsizlikdan holi hududga aylantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilanib, tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator amaliy ishlar bajarib kelinmoqda.
Bu borada Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari ham hududlarda oʻrganish ishlari olib bormoqda.
Xususan, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati, partiya guruhi rahbari B.Tashev ham oʻzi saylangan okrugga qarashli "Yashnobod", "Furqat", "Alisher Navoiy" mahallalari hududidagi kambagʻal oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida qilingan ishlarni oʻrgandi. Oʻrganishlar davomida mutasaddilar tomonidan qanday yordam va koʻmaklar koʻrsatilgani, qanday amaliy ishlar bajarilgani boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazildi.