To‘qimachilik eksporti bo‘yicha yangi imkoniyatlar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida to‘qimachilik sohasida eksport salohiyatini oshirish, mavjud ichki va tashqi imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish masalalari muhokama qilindi. Shunungdek mamlakatimiz iqtisodiyotining 3 foizini, sanoatning 14 foizini yaratayotgan to‘qimachilik tarmog‘ini yanada qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari eksport hajmini ko‘paytirish, qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Shu bilan birga, hududlarda mavjud resurslardan oqilona foydalanish, logistikani yaxshilash va xorijiy bozorlar bilan aloqalarni mustahkamlash zarurligi ta'kidlandi.
Xushbaqov Jasurbek Karim o’gli
Xalq deputatlari Baxmal tumani kengashi deputati.