“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Mirobod tumanida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov hamda tuman prokurori Bobur Abdullayev va xalq deputatlari tuman Kengash deputatlari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot — “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bitiruvchi yoshlarning murojaat va muammolarini eshitish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda maqsadlarini amalga oshirishda amaliy yordam berishdan iborat bo‘ldi.
❗️ Yoshlar esa o‘z biznes g‘oyalari, startap loyihalari haqida gapirib, ularni amalga oshirishda ko‘mak so‘radilar. Bu borada tuman hokimi mutasaddi idoralarga tegishli vazifalarni belgilab, amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar berdi.
🗣Tadbir doirasida yoshlarning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan quyidagi texnik va moddiy yordamlar taqdim etildi:
➡️ 125-umumta’lim maktabi uchun 190 mln so‘mlik kompyuter jihozlari;
➡️2-sonli sport maktabi sport zali ta’miri uchun 300 mln so‘m;
➡️ 214-sonli “Jasorat maktabi” sinf xonalarini jihozlash uchun 500 mln so‘mlik sertifikat;
➡️ Tuman Axborot-resurs markaziga 6 ta kompyuter jamlanmasi.
✅ Bunday uchrashuvlar yoshlarning davlat organlariga ishonchi va faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir amaliy qadam bo‘ldi.