Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🇺🇿Kengashning oylik ish rejasiga asosan Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Mahalliy Kengaş deputati faoliyatinin 24 ta muhim yōnalişi ijroda: Uzun tumaninda amaliy muloqot ōtkazildi
янв.21
Aholi murojaatlari — e’tibor markazida
янв.21
Deputatlar D.Safarova va B.Toşboyev Uzun tumanida yangi 34-DMTTni tantanali ravişda oçib berişdi
янв.21
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI
янв.21
Aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazilishi deputat e’tiborida
янв.21
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z saylov okrugidagi "Xursand" MFY hududida joylashgan savdo do'konlarida bo'lib, oziq-ovqat va kundalik iste'mol mollari narxlari hamda ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Har bir fuqaro bilan yuzma-yuz muloqot: Murojaatlar tinglandi!
янв.21
Muammolarga yechim — hamkorlikda
Bemorlarni qabul qilish jarayonida raqamlashtirish ishlari qanday ketmoqda? Tuman Kengashi raisi va ekspert guruhi tahlil qildi

Bemorlarni qabul qilish jarayonida raqamlashtirish ishlari qanday ketmoqda? Tuman Kengashi raisi va ekspert guruhi tahlil qildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi masalalar ijrosini ta'minlash maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida bemorlarni qabul qilish va tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish jarayonlari o'rganildi.

O'rganish jarayonida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a'zolari tuman tibbiyot birlashmasi rahbari S.Yo'ldoshev ishtirokida tibbiyot muassasasidagi elektron navbat, shifokor qabuliga yozilish tizimlari va raqamli texnologiyalar joriy etilish holatini ko'zdan kechirdilar.

Jarayon davomida quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratildi:
Elektron navbat va qabul tizimi: Aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilgan elektron tibbiy axborot tizimlari va bemorlarni ro'yxatga olish jarayonlarining ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

Raqamlashtirish darajasi: Tibbiyot birlashmasida qog'ozbozlikni qisqartirish, tibbiy kartalarni elektron shaklga o'tkazish hamda shifokorlar ish faoliyatini raqamli texnologiyalar yordamida boshqarish borasidagi ishlar ko'zdan kechirildi.

Mavjud muammolar va takliflar: Ekspert guruhi a'zolari tomonidan raqamlashtirish jarayonida uchrayotgan texnik kamchiliklar va ularni tezkor bartaraf etish bo'yicha mas'ullarga amaliy tavsiyalar berildi.

Tibbiyot sohasini raqamlashtirish va aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan o'rganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.